ПОЧЕМУ У ВАС КЕКС НЕ ПОЛУЧАЕТСЯ? СРОЧНО СОХРАНИТЕ ЭТОТ ВИДЕО!
Описание
Assalomu alaykum! Bugun har doim o'xshab chiqadigan KEKS tayyorlaymiz!
6 ta tuhum
200 gr shakar (200 ml lik stakanda 1 st)
1 chimdim tuz
6 osh q qatiq
6 osh q o'simlik yogi
8 osh qoshiq tog'dek qilib un solamiz (yoki 9 q)
1 ch q razrixlitel
1 ch q soda
Duhovkada 170 gr/310 f da 40-45 minut pishirib olamiz. Bu yana sizning duhovkangizga va qolipingiz o'lchamiga bogliq!
KEKS har doim o’xshab, do’mboq bo’lib pishishi uchun asosiy SABABlar:
1) Tuhumni yaxshilab, kamida 7-8 minut ko’pirtirish kerak. Oddiy qo’l mikserida ham eng baland tezlikda 8-10 minut ko’pirtiring!
2) Soda va razrixlitelni kam solmang! Ko’pchilik sodani hidi kelib qoladi deb ozgina solib qo’yadi. Agar faqat razrixlitel yoki faqat soda soladigan bo’lsangiz razrixlitelni 1 osh qoshiq solasiz. Sodani o’zini 1 yarim choy qoshiq soling, juda havotir olsangiz uksus yoki limon suvida “o’ldirib” oling.
3) UN miqdorini kam solsangiz ham keks, piroglar cho’kib qoladi! Bu safar faqat qoshiqda o’lchab ko’rsatdim, 6 ta tuhumga qatiq va yog’ qo’shimchalari ham borligi uchun 8 osh qoshiqda tog’dek to’ldirib un soldim. Qoshiqni oddiy to’ldirib solsangiz 9 osh qoshiq solsangiz ham bo’ladi, Men ko’rsatganimdek juda to’ldirib soldim.
4) Eng asosiysi, olovni baland qilib yubormang! Baland olovda keks usti pishib, qobiq bo’lib qoladi, keyin ichiga issiqlik kamroq o’tib, hamir ko’tarilolmay, ichi pishmay qoladi.
InshaAllah hamma qoidalariga rioya qilib pishirsangiz sizda ham albatta o’xshaydi‼️
Retsept uchun esa LAYK, KOMENTlaringizni kutib qolaman! E’tiboringiz uchun Rahmat!!!